Mamlakatimizda mo‘’tabar ayollarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidorli va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida, “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” ta’sis etilgan.
Ma’lumki, uyushma qoshidagi «Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ tomonidan yillar davomida “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” laureatlariga bayram liboslari tikib berib kelinmoqda.
Yillar davomida tikilgan sovrindorlar liboslariga nazar tashlasangiz har yilgi sovrindorlar kiyimlari ko‘rinishi aslo takrorlanmaydi, nihoyatda nafis, bejirim, milliyligimiz aks etganiga qarab havasingiz keladi.
Bu yil ham «Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ tomonidan 2021 yilgi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” sovrindorlari uchun bayram kiyimlari o‘z vaqtida yetkazib berildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








