To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnatiga munosib ish haqi to‘lash, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda ish beruvchilarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha «Parlament so‘rovi» natijalarini o‘rganish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mutaxassislaridan iborat guruh a’zolari “Elegant Garment Textile”, “Pronto Textile Group”, “Bonito Group” va “Uztex Group” korxonalarida mehnat qilayotgan ayollar bilan bevosita suhbat natijasida Senat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan «Savolnoma»ga javoblar olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




