“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda tarmoq korxonalari tomonidan 2021 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, 648,1 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi va respublika eksportidagi ulushi 29% tashkil etdi. Ilk bora korxonalar tomonidan bir oylik mahsulot eksportida rekord natija qayd etildi va 240 million dollardan oshdi.
Birinchi chorakda to‘qimachilik eksportida o‘tgan yilga nisbatan 143,5 foiz o‘sish templari ta’minlandi. 2020 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra 452 mln.dollikli mahsulot yetkazib berilgan. Shundan, 2021 yil mart oyida amalga oshirilgan eksport hajmi 243,5 mln.dollarni tashkil qilib, yanvar oyiga nisbatan 123,6 foiz o‘sishga hamda fevral oyiga nisbatan 117,6 foizga oshirilishi erishildi.
Respublikada ishlab chiqarilgan jami to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari hajmining 56,1 foizi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lsa qolgan qismi esa ichki bozorga yo‘naltirildi.
Amalga oshirilgan eksport mahsulotlari tarkibida qo‘yidagicha taqsimlangan:
- kalava ip 54,1% (350,7 mln.doll.),
- gazlama mato 4,7% (30,2 mln.doll.)
- trikotaj mato 8,4% (54,4 mln.doll.)
- tikuv-trikotaj mahsulotlari 31,1% (201,4 mln.doll.)
- paypoq mahsulotlari 1,7% (11,2 mln.doll.).
Mahsulotlar jami 55 ta davlatlarga eksport qilingan bo‘lib , Rossiya – 33,8% (214 mln.doll.), Xitoy – 25,5% (165,6 mln.doll.), Qyirg‘iziston – 13,1% (84,7 mln.doll.), Turkiya – 11,3 (73,6 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi. Ushbu davlatlarning ulushi jami eksportda 83%ga (537,9 mlrd.doll.) to‘g‘ri keldi.
Mahsulotlar eksporti shug‘ullangan sub’yektlarning soni 1-chorakda 831 tani tashkil etib, 108%ga yoki 58 taga oshdi (2020 yil 1 chorak – 773 ta).
Eksport qilish joriy yilning boshidan, shu jumladan mart oyining o‘tgan davriga nisbatan oshgan mahsulotlarni quyidagilar tashkil etdi:
- kalava ip – yil boshidan 149,2% (350,7 mln.doll.), mart oyida 176,8% (131,4 mln.doll.).
- gazlama mato – yil boshidan 144,3% (30,2 mln.doll.), mart oyida 152,7% (10,1 mln.doll.);
- trikotaj mato – yil boshidan 178,3% (54,4 mln.doll.), mart oyida 181% (17,5 mln.doll.);
- tikuv-trikotaj mahsulotlari – yil boshidan 127,7% (201,4 mln.doll.), mart oyida 162% (80,8 mln.doll.);
- paypoq mahsulotlari – yil boshidan 151,5% (11,2 mln.doll.), mart oyida 161% (3,8 mln.doll.)
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati
Ma’lumotlardan foydalanilganda manbaa ko‘rsatilishi shart!
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




