O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-Qarorida iyun oyining 2-yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati xodimlari kuni” deb belgilangan.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi jamoasi tarmoq korxonalarida xizmat qilayotgan yarim millionga yaqin fidokor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaydi!
Aziz to‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoati fidoiylari, Sizlarga ulkan zafarlar, mustahkam salomatlik va farovonlik tilaymiz!
Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi islohotlarni amalga oshirishda, to‘qimachilik salohiyatini yanada yuksaltirishda va eksport hajmini oshirib yangi marralarni zabt etishda barchamizga muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




