Prezident farmoni: Tadbirkorlik sub’yektlari 1 sentyabrgacha mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va biznesni qo‘llab quvvatlash uchun navbatdagi choralar tasdiqlandi. Prezident «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi: kichik tadbirkorlik sub’yektlari; bozorlar va  savdo majmualari; kinoteatrlar; umumiy ovqatlanish…