Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va biznesni qo‘llab quvvatlash uchun navbatdagi choralar tasdiqlandi.
Prezident «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi:
- kichik tadbirkorlik sub’yektlari;
- bozorlar va savdo majmualari;
- kinoteatrlar;
- umumiy ovqatlanish joylari;
- jamoat transportlari tashkilotlari;
- sport-sog‘lomlashtirish muassasalari;
- shuningdek, yo‘lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar.
Shuningdek, kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 2020 yil 9 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq, aprel-may oylari uchun taqdim etilgan, mol-mulk va yer solig‘ining foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) summalaridan; 2020 yil 1 yanvardan boshlab 2020 yil 15 maygacha bo‘lgan muddatda yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalardan voz kechiladdi.
Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olib kirishda (import) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriladi.
2020 yil 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




