QQSni rasmiylashtirish va qaytarish bilan shug‘ullanadigan maxsus bo‘limlar tashkil etilmoqda.

Bu DSBlarda umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralari ko‘rilmoqda hamda soliq to‘lovchilarga odatdagi tartibda va masofadan turib xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bu nima beradi? QQS ma’murchiligi – oddiy jarayon emas. Soliqni hisoblash tizimi ham murakkab. Bunda soliq to‘lovchilarga maslahat berish va amaliy yordam ko‘rsatish juda muhim hisoblanadi.…