Bu DSBlarda umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralari ko‘rilmoqda hamda soliq to‘lovchilarga odatdagi tartibda va masofadan turib xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Bu nima beradi? QQS ma’murchiligi – oddiy jarayon emas. Soliqni hisoblash tizimi ham murakkab. Bunda soliq to‘lovchilarga maslahat berish va amaliy yordam ko‘rsatish juda muhim hisoblanadi. Tajriba shuni ko‘rsatyaptiki, tuman soliq inspektsiyalari bu ishni yetarli darajada uddalamayapti. Natijada soliq hisobotida xatolar, qayta hisoblashlar ko‘paymoqda. Soliq to‘lovchilar esa viloyat boshqarmalariga shikoyat qilib, muammoning hal qilinishiga erishmoqda.
Yangi mexanizm xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshirishga yordam beradi, soliq to‘lovchilarning soliq organlariga birinchi murojaatida yechimini topmagan muammosi bo‘yicha yuqori organga murojaat qilish holatlari bir necha barobar kamayadi.
Ish manzilli ravishda, vazifalarni aniq taqsimlash va har bir masalani batafsil o‘rganish asosida tashkil etiladi. Sifatli servis xizmati soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarishga imkon beradi.
Tarkibiy tuzilmani qayta tashkil etish tadbirkorlik sub’yektlaridan hech qanday qo‘shimcha harakatlar talab qilmaydi. Bu tizimga o‘tkazish soliq xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasida 96130ta sub’yekt QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yuqoridagi tartib birinchi bosqichda Toshkent shahri, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladi va jami 29170 ta QQS to‘lovchisini qamrab oladi. 1 oktyabrdan boshlab bu mexanizm butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




