Quvaytga tibbiyot niqoblari eksport qilinmoqda
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarilgan 2 million 200 mingta, qiymati 450 ming dollarlik tibbiyot niqoblari Kuvaytga eksport qilindi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasidan aytishicha, «Fursan Al Khaleej» kompaniyasi bilan 10 million dollarlik “maska” yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Mahsulotning dastlabki partiyasi buyurtmachilarga mayning oxirida yetkazib berilgan edi. Navbatdagi esa kecha maxsus yuk samolyotida orqali jo‘natilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT


