Zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlog‘ida zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi. Aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash orqali ularning turmush farovonligini oshirish «Obod qishloq» dasturining bosh maqsadlaridan biri. Endilikda qishloqda yashovchi chevarlar zamonaviy tikuv korxonalarida mehnat qilib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda. Olis bir hududda markazdagidan aslo qolishmaydigan…