Olmazor yengil sanoat kollejida 25 avgust 2021 yilda «Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha avgust seminar kengashi» o‘tkazildi.

Seminar kengashda 2021/2022 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy yetish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu seminar yig‘ilishida «O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasi Kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash…