Seminar kengashda 2021/2022 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy yetish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu seminar yig‘ilishida «O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasi Kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i S.R.Odinayev va bosh mutaxassisi Z.Osamov, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bosh mutaxassisi B.D.Sharipov, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining «Tikuv buyumlarini konstruktsiyalsh va texnologiyasi» kafedrasi dotsenti M.A. Babadjanova o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Shuningdek «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tassarufidagi Qarshi yengil sanoat, Jarqo‘rg‘on to‘qimachilik kollejlarining direktor o‘rinbosarlari hamda Toshkent shahridagi turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarning maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari qatnashdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT







