“Sharq liboslari dizayn markazi” MCHJ tomonidan respublikamizda yashovchi turli millat vakillari milliy kiyimlari tayyorlandi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida…