So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va imijini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Toshkent shahar hokimligi Madaniyat boshqarmasi buyurtmasiga asosan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi qoshidagi «Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turli millatlar Madaniy Markazlari bilan hamkorlikda har bir millatning milliy ramzlari, an’analari, etnik kiyimlarini chuqur o‘rgangan holda yangi liboslar turkumi yaratildi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT














