Buyuk Britaniyada o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksportini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida «O‘zbek to‘qimachiligi: Britaniya bozori uchun yangi imkoniyatlar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Mamlakatimizning Londondagi diplomatiya missiyasidan ma’lum qilishlaricha, tadbirda Buyuk Britaniyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari, moda sanoatiga ixtisoslashgan kompaniyalari vakillari, dizaynerlik brendlari egalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi…
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT

