Daniya kompaniyalari O‘zbekistonda xitoylik ishlab chiqaruvchilariga “zamena” izlamoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida 14 avgust kuni «Auluna» va «Dolphin Apparels» Daniya kiyim-kechak yetkazib beruvchilari rahbariyati bilan dastlabki uchrashuv o‘tkazildi. Shunisi e’tiborga loyiqki, «Auluna» va «Dolphin Apparels» yarim asrdan ko‘proq ishlab kelayotgan kompaniyalar deyarli bir vaqtning o‘zida charm buyumlar ishlab chiqarish sohasida o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda ikkala kompaniya ham Yevropada o‘z bozoriga ega taniqli va kuchli…