“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida 14 avgust kuni «Auluna» va «Dolphin Apparels» Daniya kiyim-kechak yetkazib beruvchilari rahbariyati bilan dastlabki uchrashuv o‘tkazildi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, «Auluna» va «Dolphin Apparels» yarim asrdan ko‘proq ishlab kelayotgan kompaniyalar deyarli bir vaqtning o‘zida charm buyumlar ishlab chiqarish sohasida o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda ikkala kompaniya ham Yevropada o‘z bozoriga ega taniqli va kuchli brendlarga aylangan.
Uchrashuv davomida Auluna brendi direktori Kristian Axman o‘zbekistonlik tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarga, xususan, Namangan va Farg‘onadagi tashqi kiyim va kostyumlar ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, Better Cotton va Global Recycle Standard talablariga javob beradigan korxonalarga qiziqish bildirdi. Shu bilan birga, brend O‘zbek kompaniyalarini Xitoydan tashqari kelajakdagi hamkorlar sifatida ko‘rmoqda.
Muzokaralar yakunida tomonlar Daniya kompaniyalari vakillari uchun Namangan va Farg‘onadagi to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj korxonalariga tashrif tashkil etishga kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




