Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorova ma’lum qildi.
Hozirda mamlakatimizda 8 mingdan ortiq to‘qimachilik korxonalari faoliyat yuritmoqda va ular respublikaning har bir tumanida joylashgan. Bu albatta ushbu tuman va xududlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan, eksport va investitsiya salohiyatinining oshishi, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kirgan aholini yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishiga olib kelmoqda. Eng asosiysi ushbu loyihalar orqali chekka hududlarga investitsiyalar, yangi bilimlar va texnologiyalar kirib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni Rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni ijrosi ta’minlash maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan mahalliy xokimiyat, Tashqi ishlar vazirligi, Investsitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida 2023 yilda umumiy qiymati 730,3 mln. dollarga teng 78 ta yirik loyihalar amalga oshirildi. Natijada 23,0 mingdan dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilinib, 265,7 mln dollar eksport salohiyati yaratildi.
Ahamiyatli tomoni, 60tadan ortiq loyihalar asosan tayyor to‘qimachilik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga qaratilgan bo‘lib, 32,5 ming tonna trikotaj mato, 62,4 mln.kv.m. ip gazlama va 120,3 mln.dona tikuv-trikotaj, 14,0 mln. juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish yangi quvvatlari yaratildi.
Jumladan, Shaxrihon tumanida “Zamon teks” MCHJ (4,0 ming tonna momiq mato ishlab chiqarish va bo‘yash, 500 ish o‘rni), Dexkonobod tumanida “Dexqonobod tekstil” MCHJ (8,0 mln dona tikuv-trikotaj, 300 ish o‘rni), Namangan shahrida “Nome Textile NT” MCHJ (1,0 mln dona tayyor tikuvchilik, 610 ish o‘rni), Termiz shahrida “Indenim tekstil” MCHJ (4,0 mln.dona tikuv-trikotaj, 200 ish o‘rni), Parkent tumanida “Shabnam Elegant” MCHJ (4,0 mln.dona tikuv-trikotaj, 150 ish o‘rni) va boshqa loyihalar chekka xududlarga amalga oshirildi.
2024 yilda umumiy qiymati 1074,0 mln. dollarlik 80 ta yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirilishi natijasida 22,0 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilinib, 388,8 mln dollar qo‘shimcha eksport salohiyati yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bunda Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 534,3 mln.dollarlik 47 loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Davlat rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi mobayniida 3 ta yirik loyihalar taqdim etildi, misol uchun “Iftixor kiyim sanoat” MCHJ tomonidan 30 mln dollarlik qiymatga ega to‘qimachilik kompleksini tashkil etish katta loyihalarni keltirishimiz mumkin.
Viloyatlar kesimida: Andijon viloyatida – 16 ta, Farg‘ona viloyatida – 16 ta, Toshkent viloyatida – 9 ta, Namangan viloyatida – 8 ta, Buxoro viloyatida – 5 ta, Qoraqolpog‘iston Respublikasida – 4 ta yirik to‘qimachilik loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




