Germaniya Texnologiyalar maktabi kabi markazning O‘zbekistonda rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi

GUZ Partners loyihasi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasining tashrifi chog‘ida Germaniya Technologiwerkstatt – Texnologiyalar maktabi rahbari O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash markazni yaratishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Hozirgi kunda markaz sohaga oid Startup loyihalarni amalga oshirish va to‘qimachilik yo‘nalishidagi yangi innovatsion texnologiyalarni yaratishga qaratilgan dasturlar ustida faoliyat olib bormoqda. Albshtadt shahri – Germaniyaning to‘qimachilik kompaniyalarining aksariyati joylashgan Germaniyaning to‘qimachilik shahridir. Uchrashuv davomida Albshtadt meri O‘zbekiston delegatsiyasini qutladi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Albshtadt shahri o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni…

Germaniyada ahamiyatli kelishuvlarga erishildi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya Groz-Beckert Akademiyasi, Hochschule Albstadt-Sigmaringen Universiteti va ABA Ausbildungs-und Berufsförderungsstätte Albstadt Monomarkazi joylashgan Albshtadt shahrida bo‘lib turibdi. Hochschule Albstadt-Sigmaringen Universiteti vakillari bilan uchrashuv chog‘ida Samo universitetida (Andijon) texnologlar tayyorlash, uning ta’lim tizimini takomillashtirish va dual ta’lim tizimini joriy etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan to‘qimachilik instituti…