GUZ Partners loyihasi doirasida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘rganildi

O‘zbekiston va Germaniya to‘qimachilik sanoati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan GUZ Partners loyihasi doirasida mamlakatimiz to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlari, texnologik salohiyati va eksport yo‘nalishlari bilan tanishish bo‘yicha tashriflar amalga oshirildi. Joriy yil boshida boshlangan va uch yilga mo‘ljallangan loyiha mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda Germaniya to‘qimachilik sanoati vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va…