Bugun Karmana tumani “Jaloyir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Baxt jaloyir” tikuvchilik korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Baxt jaloyir” tikuvchilik korxonasi ishga tushirilishi natijasida 400 nafar ishsiz fuqarolar, jumladan, xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.
Endilikda ular o‘z mehnatlari bilan oilalari moddiy farovonligini ta’minlash, turmush darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Tadbirda tuman hokimi F.Umarov hamda keng jamoatchilik, mahalla ahli ishtirok etdi. Tadbir munosabati bilan yozilgan bayram dasturxoniga Navro‘zi olam ayyomining shoh taomlaridan sumalak, xalisa, ko‘ksomsalar tortildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




