3 aprel kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Universitet prorektori Mexmonov Sultonali bilan davra suhbatida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi va innovatsion hamkorlikka masalalarida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, tomonlar dolzarb masala – talabalar uchun amaliyotlarni soha korxonalarida tashkil etish va Uyushma xodimlarini universitetda dars berishini tashkil etish bo‘yicha ham munozaralar o‘tkazdi va hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlash, kafedra filiallarini tashkil etish, bitiruvchilarning diplom ximoyalarini korxonalarda tashkil etishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Bunda tuziladigan ekspert guruhlari soha korxonalari faoliyatini tahlil qiladi va o‘z tavsiyalarini taqdim etadi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




