Intertkan-2024 ko‘rgazmasi doirasida Uyushma vakili “MDH davlatlari va BRICS mamlakatlari to‘qimachilik kompaniyalari bilan hamkorlik” sessiyasida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Taqdimotda mahalliy to‘qimachilik sohasida so‘ngi paytlarda erishib kelayotgan yutiqlar, sanoatidagi ijobiy o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston ip-kalavadan tortib to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha zanjirni namoyish etuvchi samarali ta’minot markazi ekanligi aytib o‘tildi.
«Soyuzlegprom» tomonidan tashkil etilgan sessiyada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, savdo kooperatsiyasi, to‘qimachilik va tikuvchilik sohasida biznesni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston vakili O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari bilan hamkorlikning afzalliklari haqidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Taqdimot zalda yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ularni o‘zbek ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston ko‘rgazma va tadbirlarida ishtirok etish masalalari yuzasidan hoxish bildirdi.
Alohida sessiya ishtirokchilari e’tiborini joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ITMF&IAF qo‘shma konferentsiyasi, shuningdek, “Textile Dialogue” tadbirlariga taklif etilgani jalb qildi.
Ta’kidlash joizki, sessiyada so‘zga chiqqanlar, “MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi” uyushmasi, FCG tahliliy boshqarmasi, Tatariston to‘qimachilik va yengil sanoat tadbirkorlari ittifoqi boshqaruvi vakillari O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasida erishayotgan yuqorlarini yuqori baholab sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangani hamda O‘zbekiston ip-kalavadan tortib to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha zanjirni namoyish etuvchi samarali ta’minot markazi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




