Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi davomida “O‘zto‘qimachiliksanoat” delegatsiyasi jahon brendlari bilan hamkorlik va o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun bir qator qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuvlardan biri yillik daromadi 6,2 milliard dollarga teng va Ralph Lauren, Polo Jeans Co., RRL, RLX, Rugby, RL Childrenswear, Chaps, Club Monaco kabi va boshqa mashhur brendlarni birlashtirgan Amerikaning premium brendi Ralph Lauren Corporation bilan bo‘ldi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston munosib mehnat sharoitlarini yaratishda eng yuqori natijalarga erishishga qaratilgan va mahsulot sifati ustida astoydil ishlashi yuzasidan natijalar ko‘rinib turibdi. ILO va IFC, Better Work, BCI dasturlari kabi xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda faol targ‘ib qilinmoqda va bu O‘zbekistonning yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini barqaror yetkazib beruvchi sifatida jahon miqyosida tan olinganidan dalolat beradi.
Xususan, O‘zbekistonning ko‘plab to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj korxonalari jahon bozoriga chiqish uchun, ayniqsa, munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida (BSCI, Wrap, Sedex, OekoTex, Better Cotton) zarur litsenziya va sertifikatlarga ega ekanligiga e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan xorijiy tomon Yevropa bozorida paxta tolasidan mahsulotlariga talab ortib borayotganini hisobga olib, respublika korxonalarini mumkin bo‘lgan hamkorlik uchun o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida “O‘zto‘qimachiliksanoat”ning ishlab chiqarish quvvatlarini O‘zbekistonga ko‘chirish taklifini italiyalik yetkazib beruvchilar bilan muhokama qilish imkoniyati kelishib olindi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




