“Indorama Corporation” kompaniyasi direktori Prakash Kejrival ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha o‘zining quyidagi fikr-mulohazalarini bilan o‘rtoqlashdi:
– Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida kompaniyamizning O‘zbekistonda davom etayotgan ravnaqi va muvaffaqiyatlari haqidagi fikrlarimni baham ko‘mayotganimdan mamnunman.
Biz ushbu tadbirni muvaffaqiyatlarni namoyish etish va yangi imkoniyatlarni o‘rganish uchun platforma sifatida yuqori baholaymiz. O‘zbekistonga o‘n yildan ortiq sarmoya kiritish va ishlash tajribamiz nihoyatda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi davr o‘zgacha samarali kechdi va sarmoyaviy faoliyatimizga katta turtki bag‘ishladi.
“Indorama Corporation” korporatsiyasi O‘zbekistonning to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va kimyo sohalariga katta sarmoyalar kiritgani mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va umuman barqaror rivojlanishga sodiq ekanligimizni tasdiqlaydi.
Bizning asosiy vazifamiz-aktsiyadorlarimiz, sheriklarimiz farovonligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdir. Ushbu forum O‘zbekiston bilan hamkorlikka sodiqligimizni tasdiqlash va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shishning yangi usullarini o‘rganishga imkon beradi.
Hamkorlik va bilim almashish muhimligini ta’kidlagan holda biz innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni ilgari surishda o‘zaro hamkorlikning roliga e’tibor qaratdik. Ishonchli sheriklik va hamkorlik har qanday muvaffaqiyatli biznes loyihaning asosi ekanligiga ishonamiz.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi turli manfaatdor tomonlarni birlashtiradi, bu bizga mazmunli muloqot va o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi.
“Indorama Corporation” korporatsiyasi o‘zining O‘zbekistondagi kelajagiga hamda mamlakatda davom etayotgan o‘sish va taraqqiyotga ijobiy ta’sirini ko‘rsatajagiga nekbinlik bilan qaraydi. Ushbu tadbirda ishtirok etayotgani va O‘zbekiston iqtisodiyotini shakllantirishga hissa qo‘shayotganimdan mamnunman.
“Dunyo” AA
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




