2022 yilning 11 avgust kuni yana bir ahamiyatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xammaga tanish bo‘lgan Wrangler, Lee, Rock & Republic kabi mashxur brendlarni o‘z ichiga olgan “Kontoor Brands” kompaniyasining savdo va marketing bo‘yicha direktori Pyer Stano Navarra va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Sultanov o‘rtasida muzokaralar o‘ztkazildi.
“Kontoor Brands” kompaniyasi vakili kompaniya faoliyati va moliyaviy darajasi xaqida ma’lumotlarni, jumladan, 11ta mamlakatta ishlab chiqarishni yulga quyganligi va yiliga 1.2 mln dona tayyor maxsulot ishlab chiqarish quvvatiga egaligi hamda tayyor maxsulotlarning 45%ni AQSh, 35% Yevropa va qolgan 20% ni boshqa davlatlarga eksport kilinishini taqdim etdi.
Janob Navarra o‘z tashrifi davomida O‘zbekistondagi ayrim to‘qimachilik korxonalariga borib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishganini va hozirda uyushma yordamida boshqa jinsi ishlab chiqaradigan korxonalarga borish va o‘rganish niyatida ekanligin takidlab o‘tdi.
“Cotton Campaign” koalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasiga “boykot” bekor qilinganligi tufayli, O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ko‘p o‘zgarishlar bo‘lib o‘tganligi, yaqin kelajakdagi rivojlanish istiqbollari va Uyushma faoliyati yuzasidan M. Sultanov taqdimot namoyish qildi.
Shu bilan birga, amerikalik mehmonlar joriy yil oktyabr oyida rejalashtirilgan “Tashkent Textile Forum” forumi va “Uzbekistan Textile expo 2022” ko‘rgazmasiga tashrif buyurishga taklif etildi.
Uchrashuv so‘ngida, dastlabki xamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maxalliy korxonalar xaqida batafsil ma’lumot va kontakt ma’lumotlarini tug‘ridan-tug‘ri yuborishga kelishib oldilar va chet el tomonidan xamkorlikni yulga qo‘yish shartlari jamlangan taqdimot taqdim qilinishi ta’kidlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




