O‘zbekiston va Markaziy Osiyo to‘qimachilik sanoatining muhim voqealaridan biri – Toshkent Xalqaro to‘qimachilik haftaligi joriy yilning 25-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashqil etilayotgan haftalik doirasida bir qator muhim tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
26 aprel – Uzbekistan Textile Confe..rence (O‘zbekiston to‘qimachlik anjumani) – xalqaro to‘qimachilik biznesi vakillari va ekspertlarini birlashtirishga qaratilgan tadbir. Anjuman yangi tendentsiyalar va imkoniyatlarni muhokama qilish uchun to‘qimachilik va moda sanoati vakillarini yagona platformada jamlaydi.
2022 yilda Anjumanda Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi bosh direktori, Xalqaro mexnat tashkiloti rahbariyati, Xalqaro Moliya korporatsiyasi vakillari, Germaniyaning xalqaro hamkorlik agentligi, Alibaba.com rahbariyati – spikerlar anjuman ishtirokchilarining e’tibori to‘qimachilikda barqarorlik va munosib mehnat (Better Work), marketplace va e-commerce, global yetkazib berish zanjiri mavzulari yuzasidan so‘nggi hisobotlari taqdim etadi.
Anjuman davomida O‘zbekiston-Belarusiya, O‘zbekiston-Qirg‘iziston to‘qimachilik kooperatsiya sessiyalari rejalashtirilgan. To‘qimachilik korxonalari o‘zaro istiqboldagi masalalarni muhokama qilishi uchun eng yaxshi imkoniyat. Hilton mexmonxonasi, soat 10.00.
27 aprel Ankhor bog‘i hududida Uztextile Expo 2022 Spring xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 3 kun davomida 120 dan oshiq xorijiy va mahalliy korxonalar mahsulotlari bilan ishtirok etishadi. Maxsus bayer dasturi doirasida dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan 100 dan oshiq bayerlar ro‘yxatdan o‘tgan va o‘zbek to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatish istagida. Uztextile Expo 2022 xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi yilda 2 marotaba o‘tkazilayetgani O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga xorijiy kompaniyalar tomonidan ortayotgan qiziqish o‘sib borayotganidan dalolat beradi. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, Uztextile Expo 2022 ko‘rgazmasida 11 ming dan ziyod ishtirokchilar tashrifni buyurishgan.
Ko‘rgazma doirasida Ready – to – wear to‘qimachilik tayer kiyim mahsulotlari moda namoyishi Amsterdam Fashion Week bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Turkiya, Qozog‘iston, Gollandiya, BAA va O‘zbekistonlik dizaynerlar o‘z kollektsiyalarini namoyish etishi rejalashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda Alibaba.com marketpleysida ishlash va mahsulotlarni joylashtirish va samarali sotish yuzasidan trening seminar tashkil etilmoqda. Alibaba.com marketpleysida mahsulotini sotish qiziqishi bo‘lgan korxona vakillari real keyslar orqali tizimda ishlash Alibaba.com Rossiya ofisi vakillari tomonidan batafsil tushuntirib beriladi.
Barchani Toshkent to‘qimachilik haftaligi doirasida yangi biznes aloqalarni o‘rnatishga taklif etamiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




