O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 04 iyundagi 352-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi xududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Tasdiqlangan ro‘yxatda barcha soxalar bo‘yicha jami 676 ta pozitsiya import mahsulotlar tasdiqlangan bo‘lsa, shundan 124 tasi to‘qimachilik sanoati uchun taalluqliligi o‘rganildi. Ushbu to‘qimachilikka taalluqli bo‘lgan 124 ta pozitsiyadan 116 tasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati
RO‘YXATI
| T/r | TIF TN kodlari | TIF TN bo‘yicha nomi | Uyushma taklifiga asosan kiritilgan pozitsiyalar (+) |
| 1 | 8402120001 | Soatiga 45 tonnadan ortiq bug‘ chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan suv quvurli boshqa bug‘ qozonlari | + |
| 2 | 8402120009 | Soatiga 45 tonnadan ko‘p bo‘lmagan bug‘ chiqarish quvvatiga ega suv quvurli boshqa bug‘ qozonlari | + |
| 3 | 8402191001 | Kema uskunalari uchun bug‘ qozonlari, tutun chiqarib yonuvchi | + |
| 4 | 8402191009 | Tutun chiqarib yonuvchi qozonlar | + |
| 5 | 8402199001 | Kema uskunalari uchun bug‘ qozonlari | + |
| 6 | 8402199009 | Bug‘ hosil qiluvchi qozonlar | + |
| 7 | 8412212009 | Boshqa gidravlik tizimlar | + |
| 8 | 8412310000 | Kuchlanish qurilmalari va liniyali harakatga keltiradigan (tsilindlar) pnevmatik dvigatellar | + |
| 9 | 8412390000 | Boshqa kuchlanish qurilmalari va pnevmatik dvigatellar | + |
| 10 | 8412801000 | Suv bug‘ida ishlaydigan kuchlanish dvigatellari va boshqa bug‘ dvigatellari | |
| 11 | 8412808000 | Dvigatellar va boshqa kuchlanish qurilmalari | |
| 12 | 8413502000 | Gidravlik agregatlar | + |
| 13 | 8413504000 | Dozalash nasoslari | + |
| 14 | 8413506100 | Porshinli gidravlik kuchlanish nasoslari | + |
| 15 | 8413506900 | Boshqa porshinli nasoslar | + |
| 16 | 8413508000 | Qayta qo‘zg‘aladigan boshqa katta hajmli nasoslar | + |
| 17 | 8413602000 | Katta hajmli rotorli nasoslar: gidravlik agregatlar | + |
| 18 | 8413603100 | Tishli gidravlik kuchlanish nasoslari | + |
| 19 | 8413603900 | Boshqa tishli nasoslar | + |
| 20 | 8413606100 | Boshqa katta hajmli rotorli nasoslar, plastinkasimon- gidravlik kuchlanish nasoslari | + |
| 21 | 8413606900 | Boshqa plastinkasimon nasoslar | + |
| 22 | 8413607000 | Vintli nasoslar | + |
| 23 | 8413608000 | Boshqa katta hajmli rotorli nasoslar | + |
| 24 | 8413702100 | Nasos uskunalari | + |
| 25 | 8413702900 | Ko‘p pog‘onali nasoslar | + |
| 26 | 8413820099 | Ishlab chiqarish quvvati soatiga 30 m³ dan ortiq bo‘lgan boshqa suyuqlik ko‘targichlar | + |
| 27 | 8414102000 | Yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan vakuumli nasoslar (maishiy nasoslardan tashqari) | + |
| 28 | 8414108100 | Diffuziyali, kriogen va adsorbtsion nasoslar | + |
| 29 | 8414108900 | Boshqa vakuum nasoslari | + |
| 30 | 8414801100 | Bir bosqichli turbokompressorlar | + |
| 31 | 8414807500 | Ko‘p valli, vintli, rotorli katta hajmdagi kompressorlar | + |
| 32 | 8414808000 | Ishlab chiqarishda ishlatiladigan boshqa kompressorlar | + |
| 33 | 8419390009 | Elektrda ishlamaydigan boshqa quritgichlar (tibbiyot sanoati va 8701-8705 tovar pozitsiyalaridagi motorli transport vositalarini, ularning uzellari va agregatlari sanoat usulida yig‘ish uchun elektrda ishlamaydigan quritgichlardan tashqari) | + |
| 34 | 8421197009 | Boshqa tsentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochirma quritgichlar | + |
| 35 | 8421210009 | Suvni filtrlash yoki tozalash uchun boshqa uskunalar va qurilmalar (maishiy suv filtrlaridan tashqari) | + |
| 36 | 8421398007 | Boshqa gazlarni filtrlash yoki tozalash uchun boshqa uskunalar va qurilmalar | + |
| 37 | 8442309900 | Boshqa mashinalar, apparatlar va jihozlar (foto terish mashinalari, shrift quyish va terish uchun (masalan, linotiplar, monotiplar, intertiplar) quyish qurilmasi bo‘lgan va bo‘lmagan uskunalar va apparatlardan tashqari) | + |
| 38 | 8443110000 | Ofset usulida nashr qilish uchun rulonli mashinalar | + |
| 39 | 8443120000 | Ofset usulida nashr qilish listli mashinalar, kontora mashinalari (varaq formati 22 x 36 sm dan oshmaydigan) | + |
| 40 | 8443133100 | Ofset usulida nashr qilish uchun hajmi 52 x 74 sm dan oshmaydigan varaqlarni uzatadigan yangi boshqa mashinalar | + |
| 41 | 8443133500 | Ofset usulida nashr qilish uchun hajmi 52 x 74 sm dan oshmadigan, lekin 74 x 107 sm dan oshmaydigan varaqlarni uzatadigan yangi boshqa mashinalar | + |
| 42 | 8443133900 | Ofset usulida nashr qilish uchun hajmi 74 x 107 sm dan oshadigan varaqlarni uzatadigan yangi mashinalar | + |
| 43 | 8443139000 | Ofset usulida nashr qilish uchun boshqa mashinalar | + |
| 44 | 8443140000 | Yuqori sifatli nashr qilish uchun rulonli mashinalar, fleksografik mashinalar bundan mustasno | + |
| 45 | 8443150000 | Yuqori sifatli nashr qilish uchun rulonli mashinalar, fleksografik mashinalar bundan mustasno | + |
| 46 | 8443160000 | Fleksografik nashr qilish mashinalari | + |
| 47 | 8443170000 | Chuqur nashr qilish mashinalari | + |
| 48 | 8443192001 | To‘qimachilik materiallariga to‘r shaklidagi tsilindrsimon trafaretlar bilan naqsh bosish mashinalari | + |
| 49 | 8443192002 | To‘qimachilik materiallariga to‘r shaklidagi yassi trafaretlar bilan naqsh bosish mashinalari | + |
| 50 | 8443192003 | To‘qimachilik mahsulotlariga ko‘chiriladigan uslubda naqsh bosish mashinalari | + |
| 51 | 8443192009 | To‘qimachilik materiallariga naqsh bosish uchun 8442 tovar pozitsiyasidagi plastinalar, tsilindrlar va boshqa bosma shakllar yordamida naqsh bosish uchun ishlatiladigan boshqa turdagi bosma mashinalar | + |
| 52 | 8443194000 | Yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishda 8442 tovar pozitsiyasidagi plastinkalar, tsilindrlar va boshqa bosma shakllar orqali foydalaniladigan bosma mashinalar | + |
| 53 | 8443197000 | 8442 tovar pozitsiyasidagi plitalar, tsilindrlar va boshqa bosma shakllar yordamida bosishda ishlatiladigan boshqa turdagi bosma mashinalar | + |
| 54 | 8443321001 | To‘qimachilik materiallariga naqsh bosish uchun printerlar | |
| 55 | 8443399001 | To‘qimachilik materiallariga naqsh bosish uchun boshqa printerlar va nusxa ko‘chiruvchilar | |
| 56 | 8443399002 | To‘qimachilik materiallariga avtomatik yozadigan mashinalar | |
| 57 | 8443399009 | To‘qimachilik materiallariga avtomatik yozadigan boshqa mashinalar | |
| 58 | 8444001000 | Ekstrudirlash mashinalari | + |
| 59 | 8444009000 | Kimyoviy to‘qimachilik materiallarini ekstrudirlash, cho‘zish, teksturalash yoki kesish uchun boshqa mashinalar | |
| 60 | 8445110000 | To‘qimachilik tolalarini tayyorlash uchun tarash mashinalari | + |
| 61 | 8445120000 | To‘qimachilik tolalarini tayyorlash uchun taroqli mashinalar | + |
| 62 | 8445130001 | To‘qimachilik tolasini tayyorlash uchun xom ip yasaydigan mashinalar | + |
| 63 | 8445130002 | Lenta zichligini rostlaydigan lentali mashinalar | + |
| 64 | 8445130009 | To‘qimachilik tolalarini tayyorlash uchun boshqa liniyali yoki xom ip yasaydigan mashinalar | + |
| 65 | 8445190001 | Tolalarni tozalagichlar | + |
| 66 | 8445190002 | To‘qimachilik tolalarini tayyorlash uchun ko‘p kamerali aralashtirish mashinalari | + |
| 67 | 8445190003 | Dag‘al mato hosil qiluvchi mashinalar | + |
| 68 | 8445190009 | To‘qimachilik tolalarini tayyorlash uchun boshqa mashinalar | + |
| 69 | 8445200001 | Halqali yigiruv to‘qimachilik mashinalari | + |
| 70 | 8445200009 | Boshqa to‘qimachilik yigiruv mashinalari | + |
| 71 | 8445300000 | To‘qimachilik kalavalarini ishlab chiqarish uchun ingichkalashtiradigan yoki chiyratadigan mashinalar | + |
| 72 | 8445400001 | Kalava sifatini avtomatik ravishda nazorat qiladigan va nuqsonlarni avtomatik ravishda yo‘q qiladigan o‘rash mashinalari | + |
| 73 | 8445400009 | Boshqa to‘qimachilik urash mashinalari (shu jumladan, arqoq o‘raydigan) yoki pilla o‘rash mashinalari | + |
| 74 | 8445900001 | To‘qimachilik tolalarini tayyorlash uchun boshqa lentali tanda mashinalari | + |
| 75 | 8445900009 | To‘qimachilik tolalarini tayyorlash uchun boshqa mashinalar, ingicha yigiradigan yoki chiyratadigan mashinalar va boshqa uskunalar, pilla o‘raydigan yoki kalavalaydigan mashinalar | + |
| 76 | 8446100000 | Eni 30 sm dan oshmaydigan matolarni tayyorlash uchun to‘quv mashinalari | + |
| 77 | 8446210000 | Eni 30 sm dan ortiq bo‘lgan matolarni tayyorlash uchun dvigateldan harakatga keladigan mokili to‘qish mashinalari | + |
| 78 | 8446290000 | Eni 30 sm dan yuqori bo‘lgan matolarni tayyorlash uchun mokili to‘qish mashinalari | + |
| 79 | 8446300000 | Eni 30 sm dan ortiq bo‘lgan matolarni tayyorlash uchun mokisiz to‘qish mashinalari | + |
| 80 | 8447110001 | Diametri 32 yoki 34 toifadagi 165 mm dan oshmaydigan tsilindrli, tilchali ignalarda ishlaydigan dumaloq shaklda to‘qish mashinalari | + |
| 81 | 8447110009 | Diametri 165 mm dan oshmaydigan tsilindrli boshqa dumaloq shaklda to‘qish mashinalari | + |
| 82 | 8447120001 | Diametri 165 mm dan ortiq bo‘lgan tsilindrli, bitta fonturali, 18, 20, 22, 24 yoki 28 toifadagi va tilchali ignalarda ishlaydigan dumaloq shaklda to‘qish mashinalari | + |
| 83 | 8447120002 | Diametri 165 mm dan ortiq bo‘lgan tsilindrli, ikkita fonturali, 6, 7, 10 yoki 14 toifadagi va tilchali ignalarda ishlaydigan dumaloq shaklda to‘qish mashinalari | + |
| 84 | 8447120009 | Diametri 165 mm dan ortiq tsilindrli dumaloq shaklda to‘qish mashinalari va boshqalar | + |
| 85 | 8447202000 | Tanda to‘qish mashinalari (shu jumladan, rashel mashinalari); to‘qish-tikish mashinalari | + |
| 86 | 8447208000 | Boshqa tekis to‘qish mashinalari; to‘qish-tikish mashinalari | + |
| 87 | 8447900009 | Zar uqali tyul, to‘r olish, jiyak tikish, to‘qish uchun boshqa trikotaj, to‘qish-tikish mashinalari va tafting mashinalari | + |
| 88 | 8448110000 | Shoda ko‘tarish karetkalari va jakkard mashinalari, kartalar sonini kamaytirish mexanizmlari, nusxa ko‘chirish moslamalari, karton kesadigan yoki tikadigan mashinalar | + |
| 89 | 8448190000 | 8444, 8445, 8446, 8447 tovar pozitsiyalaridagi mashinalar uchun boshqa yordamchi uskunalar | + |
| 90 | 8449000000 | To‘pli yoki bichilgan holda namat yoki namatsimon mato yoxud noto‘qima materiallar ishlab chiqarish yoki ularga ishlov berish uskunalari | + |
| 91 | 8451100000 | Quruq tozalash mashinalari | + |
| 92 | 8451210001 | 6 kg dan ortiq bo‘lmagan kirni quritish quvvatiga ega mashinalar | + |
| 93 | 8451210009 | 6 kg dan ortiq, lekin 10 kg dan ortiq bo‘lmagan kirni quritish mashinalari | + |
| 94 | 8451290000 | Boshqa quritish mashinalari | + |
| 95 | 8451300000 | Dazmollash mashinalari va presslari (shu jumladan, materiallarni termik qotirish uchun presslar) | + |
| 96 | 8451400001 | Jun yuvish mashinalari | + |
| 97 | 8451400002 | Kalava bo‘yash mashinalari | + |
| 98 | 8451400009 | Yuvish, oqartirish yoki bo‘yash uchun boshqa mashinalar | + |
| 99 | 8451500000 | To‘qimachilik materiallarini o‘rash, ochish, qatlash, kesish yoki teshish uchun mashinalar | + |
| 100 | 8451801000 | Linoleum yoki boshqa pol qoplamalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan, to‘qimachilik yoki boshqa asoslarga mum surtish uchun ishlatiladigan mashinalar | + |
| 101 | 8451803001 | Tuk olish uchun qirqish mashinalari | + |
| 102 | 8451803009 | To‘qimachilik buyumlariga ishlov berish uchun boshqa mashinalar | + |
| 103 | 8451808001 | Matolarga ishqor bilan ishlov berish uchun eni kamida 180 sm bo‘lgan mashinalar | + |
| 104 | 8451808009 | Kalava, matolar yoki tayyor to‘qimachilik buyumlarini yuvish, tozalash, siqish, quritish, dazmollash, presslash (shu jumladan, qattiqlashtiruvchi presslar), oqartirish, bo‘yash, to‘qish, ishlov berish, ustini qoplash yoki to‘yintirish uchun va linoleum kabi pol qoplamalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan boshqa uskunalar (8450 tovar pozitsiyasidagi mashinalaridan tashqari), to‘qimachilik matolarini o‘rash, chuvitish, taxlash, kesish yoki teshish mashinalari | + |
| 105 | 8452210000 | Avtomatik tikuv mashinalari | + |
| 106 | 8452290000 | Boshqa tikuv mashinalari | + |
| 107 | 8453200000 | Poyabzal tayyorlash yoki ta’mirlash uskunasi | + |
| 108 | 8479400000 | Arqonlar yoki troslar tayyorlash uchun mashinalar | + |
| 109 | 8479600000 | Bug‘lanadigan havo sovutkichlari | + |
| 110 | 8479710000 | Aeroportlarda ishlatiladigan yo‘lovchilarni chiqarish traplari | |
| 111 | 8479820000 | Aralashtirish, qorish, maydalash, parchalash, elash, g‘alvirdan o‘tkazish, bir xil holga keltirish, emulsiya hosil qilish yoki aralashtirish uchun mashinalar va mexanik moslamalar | + |
| 112 | 8479899709 | Ishlab chiqarishda ishlatiladigan boshqa mashina va uskunalar | + |
| 113 | 8481808700 | Membranali himoyalash qurilmalari | + |
| 114 | 8502120000 | Siqilishdan alanga oladigan (dizel yoki yarim dizel), porshenli ichki yonish dvigatelli va quvvati 75 kVA dan ortiq, ammo 375 kVA dan oshmaydigan elektr generatorli qurilmalar | + |
| 115 | 8502132000 | Siqilishdan alanga oladigan (dizel yoki yarim dizel), porshenli ichki yonish dvigatelli va quvvati 375 kVA dan ortiq, ammo 750 kVA dan oshmaydigan elektr generatorli qurilmalar | + |
| 116 | 8502134000 | Siqilishdan alanga oladigan (dizel yoki yarim dizel), porshenli ichki yonish dvigatelli va quvvati 750 kVA dan ortiq, ammo 2000 kVA dan oshmaydigan elektr generatorli qurilmalar | + |
| 117 | 8502138000 | Siqilishdan alanga oladigan (dizel yoki yarim dizel), porshenli ichki yonish dvigatelli va quvvati 2000 kVA dan ortiq bo‘lgan elektr generatorli qurilmalar | + |
| 118 | 8502204000 | Uchqundan alanga oladigan, porshenli ichki yonish dvigatelli va quvvati 75 kVA dan ortiq, ammo 375 kVA dan oshmaydigan elektr generatorli qurilmalar | + |
| 119 | 8502206000 | Uchqundan alanga oladigan, porshenli ichki yonish dvigatelli va quvvati 375 kVA dan ortiq, ammo 750 kVA dan oshmaydigan elektr generatorli qurilmalar | + |
| 120 | 8502208000 | Uchqundan alanga oladigan, porshenli ichki yonish dvigatelli va quvvati 750 kVA dan ortiq elektr generatorli qurilmalar | + |
| 121 | 9024801100 | To‘qimachilik materiallarini, qog‘oz yoki kartonni sinovdan o‘tkazish uchun elektron mashinalar va moslamalar | + |
| 122 | 9031809800 | Sanoatda foydalanish uchun boshqa priborlar, qurilmalar va mashinalar | + |
| 123 | 9032890000 | Avtomatik tartibga solish yoki boshqarish uchun boshqa priborlar va qurilmalar | + |
| 124 | 9403109800 | Flakonlarni yorug‘lik yordamida nazorat qilish uchun mashina (uskuna) | + |
Izoh:* Import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar ushbu Ro‘yxatga TIF TN kodlari kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qo‘llaniladi hamda bitta kontraktga (shartnomaga) muvofiq yangi texnologik asbob-uskunalar bilan birgalikda yetkazib berish sharti bilan va ushbu asbob-uskunaning ajralmas qismi hisoblangan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarga tatbiq qilinadi.
Yangi texnologik uskuna — «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan texnologik uskunadir.
Olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqaruvchi zavodning texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi texnik pasporti yoki ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarilgan uskuna, shu jumladan, ishlab chiqarilgan yili to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjati taqdim etiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




