Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga kelib, Izboskan tumanining olis Qo‘g‘ay mahallasidagi “And gold” tikuv-trikotaj korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Qiymati 2 million 500 ming AQSh dollari bo‘lgan loyiha doirasida yangi bino qurilib, zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan.
Korxona yiliga 3 million 500 ming dona tayyor trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Davlatimiz rahbari bu yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




