Bugungi ko‘rgazma ochilish marosimida “Bellegprom” milliy kontserni raisi Tatyana Lugina so‘zga chiqdi va ikki davlat o‘rtasidagi iliq munosabatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimidan so‘ng boshqa davlat vakillari bilan ko‘rgazma maydonidagi korxonalari va ularning mahsulotlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.
So‘ng “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyuushmasi binosida uyushma raisi I.Xaydarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Bellegprom” milliy kontserni vakillari bilan bir qatorda Belarusiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda muxtor elchisi Marinich Leonid ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasitdagi xamkorlik masalalari, “Bellegprom” milliy kontserni va “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi o‘rtasida tuzilgan Memarandum, “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Shu bilan bir qatorda kadrlar tayyorlash, to‘qimachilik soha vakillarining malakasini oshirish yuzastidan kelishuvlar muxokama qilindi. Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillariga estalik sovg‘alari ulashildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




