Forumning asosiy maqsadi – O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, savdo va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdir.
Anjumanning onlayn tarzda o‘tgan ochilish marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ishtirok etib, O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlarining yuqori darajasini e’tirof etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U mazkur biznes-forum ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Ozarbayjonning Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Tamerlan Vagapov hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlab, ushbu biznes-forum to‘qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynashi va o‘zaro savdo hajmini oshirishga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
26-27 avgust kunlari Biznes-forum o‘z ishini O‘zbekiston va Ozarbayjon to‘qimachilik sanoati vakillari o‘rtasidagi V2V intensiv uchrashuvlari shaklida davom ettiradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




