REX tizimining qo‘llanilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 dekabrdagi 994-son «Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilingan.
Ma’lumot uchun: REX tizimi – bu Yevropa Ittifoqining Preferentsiyalarning bosh tizimida qo‘llaniladigan tartibga muvofiq tovarlar kelib chiqishining imtiyozga ega ekanligini tasdiqlash maqsadida eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidir. Ro‘yxatdan o‘tkazish eksportchilar o‘z tadbirkorlik faoliyati haqidagi ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda kiritilgan arizasi asosida amalga oshiriladi. Keyinchalik YEI mamlakatlariga tovarlarni eksport qilishda, ro‘yxatdan o‘tgan eksportchi tovarning imtiyozli ekanligini invoysda (YEI mamlakatlari bojxona organlariga A shaklidagi sertifikatini taqdim etmagan holda) bayonnoma/deklaratsiya orqali tasdiqlaydi.
REX tizimi doirasida tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlash tartibi va shartlari quyidagi havola bo‘yicha oldin saytimizda joylashtirilgan edi: https://mift.uz/ru/menu/vneshnetorgovoe-regulirovanie.
REX tizimida eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazilishi eksport rasmiyatchiliklarini soddalashtiradi va eksportchilar o‘z tovarlarini kelib chiqishi to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zilari tuzishi uchun imkon beradi. Shunda, eksportchi vakolatli organga to‘g‘ri to‘ldirilgan shakl (ariza)ni taqdim etib faqat bir marta murojaat qiladi va REX tizimida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Kelgusida eksportchi tovarning har bir yangi partiyasini YEI mamlakatlariga eksport qilishda vakolatli organ bilan bog‘lanishga majbur bo‘lmaydi.
Yevropa Ittifoqining REX tizimida eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga asoslangan “o‘zini-o‘zi sertifikatlash” tizimiga o‘tish davri 2020 yilning 30 iyunida tugashini eslatib o‘tamiz.
O‘tish davri tugashi bilan imtiyozli rejim faqat ro‘yxatdan o‘tgan eksportchilarning tovarning kuzatuv hujjati (invoys) ga ilova qilingan arizasi bilan kelib chiqishi tasdiqlangan tovarlarga qo‘llaniladi, ya’ni, YEI davlatlarining bojxona organlari tomonidan imtiyozlar uchun sertifikatlar qabul qilinmaydi.
“O‘zbekekspertiza” AJ va uning hududiy korxonalari joriy yil boshidan boshlab belgilangan tartibda eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmoqda.
Shu munosabat bilan, YEI mamlakatlariga tovar yetkazib beruvchi eksportchilardan REX tizimida oldindan ro‘yxatdan o‘tishini so‘raymiz.
Eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish «O‘zbekekspertiza» AJ tomonidan Toshkent shahrida va uning hududiy korxonalarida amalga oshirilmoqda (www.expertiza.uz, el. manzil info1@expertiza.uz).
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




