Shu yilning 30 aprel “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati va AVIC International kompaniyasining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodagi Bosh vakolatxonasi rahbari Sin Men hamda AEPAC vitse-prezidenti Vang Runlan o‘rtasida videokonferentsiya tashkil etildi va O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xitoylik mutaxassislar Qashqadaryo viloyatida To‘qimachilik o‘quv-ilmiy markazini tashkil qilish bo‘yicha loyiha taqdimotini o‘tkazishdi. Ushbu loyihada markazning qo‘rilishidan to jihozlashigacha bo‘lgan jarayon qamrab olinib, unda to‘qimachilik, kiyim-kechak dizayni, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tizimi yaratiladi.
Vang Runlan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining haqida gapirar ekan, sohada erishilgan natijalarni va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining eksport hajmini oshirish va to‘qimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb qilish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Runlanning so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha jahon darajasidagi namunaviy o‘quv va ilmiy markazni barpo etishni ko‘zda tutadi, u to‘qimachilik sanoatida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlanadi.
Bundan tashqari, muloqot chog‘ida, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va XXRning xalqaro tashkilotlar, korxonalar va moliyaviy institutlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun yagona platformasi bo‘lgan “Bir kamar — bitta yo‘l“ dasturi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




