Joriy yilning 7 fevral kuni Belarus Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat Bosh vazir o‘rinbosarlari raisligida O‘zbekiston va Belarus Respublikalarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat uchun muhim tadbirda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “Bellegprom” kontserni o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi” to‘g‘risida Bitim imzolandi.
O‘zbekiston va Belorussiyada to‘qimachilik, kiyim-kechak va trikotaj sanoatini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ushbu shartnoma kadrlar almashinuvi, kadrlar tayyorlash va soha xodimlarini munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash sohasida ham yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.
Forumda o‘zbek to‘qimachilari bilan bir qatorda Belarusning “Mogoteks”, “Polesye”, “Svitanak”, “Kamvol” va boshqa yirik kompaniyalari ishtirok etib, o‘zbekistonlik to‘qimachilik hamkordari bilan kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
V2V muzokaralari davomida umumiy qiymati 7,6 million dollarlik bir qator eksport shartnomalari muvaffaqiyatli tuzilib, bu O‘zbekiston va Belarus to‘qimachilik korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari va samarasidan dalolat beradi.
Ushbu Forum ikki mamlakat o‘rtasida to‘qimachilik sanoatida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




