Andijon viloyatidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash orqali ularni jamiyatga faol integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Xo‘jaobod tumani hokimligi va “Nil-Granit”, “Barchinoy tekstil” va “Maxsuma tekstil” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar o‘rtasida memorandum imzolandi.
Imzolangan memorandumga ko‘ra tumandagi zaif eshituvchi bolalar maktab-internati “Nil-Granit” MCHJga, 17-sonli kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Barchinoy tekstil” MCHJga va 4-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Maxsuma tekstil” MCHJga biriktirildi.
Endilikda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar mas’uliyati cheklangan jamiyat mutaxassislari tomonidan kasb-hunar sirlariga o‘rgatiladi.
O‘quvchilarga egallagan kasb-hunar sirlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatda amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari beriladi.
O‘quvchilar kasb-hunar sirlarini egallash bilan bir qatorda kelgusida mazkur korxonalarda mehnat qilishlariga ham sharoitlar yaratiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




