7 -10 aprel kunlari Qozog‘istonning Taraz shahrida “ASPARA FASHION WEEK” modalar namoyishining VII mavsumi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Bu onlayn modalar namoyishida Markaziy Osiyo davlatlari, Singapur, Malayziya, Vyetnam, Tailand, Xitoy, Xindiston, Morokko, AQSh, Frantsiya, Shveytsariya, Italiya, Serbiya kabi dunyoning 32 mamlakatidan 100 dan ortiq dizaynerlar o‘z kollektsiyalari bilan ishtirok etishdi. Ushbu yangicha formatda bo‘lib o‘tgan modalar namoyishida 20 dan ortiq xalqaro moda xaftaliklari prezidentlari, nufuzli moda jurnallari redaktorlari, feyshn ekspertlar va blogerlar ishtirok etdi.
ASPARA FASHION WEEK Xalqaro moda xaftaligi doirasida ko‘plab madaniyatlar birlashmoqda va umid qilamizki, bu do‘stlik uzoq vaqt davom etadi va yaqin kelajakda u o‘z mevasini bera boshlaydi.
Qozog‘iston Respublikasining«ASIL-DIZAYN» ilmiy ishlab chiqarish moda va assortiment markazi bilan “O‘zto‘qimachilisanoat” uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, unga asosan O‘zbekistondan, ushbu onlayn modalar namoyishida “SAMO”, “JAVHARIY”, “Dina Sayfi” hamda “Modnaya Buxara” brendlari milliy, zamonaviy liboslar kollektsiyalari bilan ishtirok etdi. Moda namoyishlari “ASPARA FASHION WEEK”(AFW) YouTube kanalida, instagram, facebook sahifalarida, Zoom platformasida to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




