Bugun uyushmada Bangladeshning Best Sourcing kompaniyasi rahbari, shuningdek, Bangladesh RMG Centre prezidenti Mexdi Maxbub bilan uchrashuvda Bangladeshdan mahalliy to‘qimachilik korxonalariga mutaxassislarni jalb qilish masalasi chuqurroq ishlab chiqildi. Mazkur aktsiya doirasida Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan 12 ta sanoat korxonasi tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zto‘qimachiliksanoat” ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida tajriba almashish va fabrika ishchilarining tayyor mahsulot tikish bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘nikmalarini o‘rganish, Bangladeshdan tikuvchilik ishlab chiqarish uchun mehnat solig‘i qoidalariga rioya qilga holda operatorlarni yollash imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston korxonalari uchun Bangladeshga 2 ta biznes missiyasini tashkil qilgan edi.
Uchrashuv yakunida manfaatdor O‘zbekiston korxonalari rahbariyati bilan ularning talablarini o‘rganish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani, jumladan SAMO Group universitetida tikuvchilik korxonalari vakillari uchun rejalashtirilgan amaliy seminar bo‘lishini ma’lum qildi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




