Angren shahrida ham yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yiliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu jarayonda ko‘plab xayrli amallarga qo‘l urilayapti.
Mustaqilligimizning qutlug‘ sanasi va yangi o‘quv yili arafasida Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligidagi sektor rahbarlari tashabbusi bilan shahardagi mavjud 46 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar o‘g‘il-qizlaridan 1404 nafariga yagona maktab formasi tarqatildi.
Masalan, Anastasiya Shilt oilasida 11 nafar farzand bo‘lib, ulardan 7 nafari maktab o‘quvchisi hisoblanadi.
Sektor rahbari ushbu oilaning ijtimoiy ahvolini o‘rganganda, oilaga yordam ko‘rsatish zarurligi aniqlandi.
Shahar IIBdan biriktirilgan mas’ullar ularning har biriga “Shahliya” MCHJ tomonidan tayyorlangan namunadagi maktab formasini homiylik yordami sifatida olib berdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




