13 iyul kuni O‘zbekistonning yetakchi paxta va to‘qimachilik klasterlari rahbarlari ishtirokida Better Cotton Uzbekistan dasturining boshlang‘ich seminari bo‘lib o‘tdi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat”da bo‘lib o‘tgan seminarda dasturning asosiy hamkorlari va O‘zbekiston vazirlik va idoralarining mas’ul vakillari ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, IFC va GIZning uzoq muddatli sinovlari asosida O‘zbekistonda Better Cotton dasturi 2022-yilda rasman ishga tushirilgan edi. Global ma’noda, Better Cotton atrof-muhitni yaxshilash, mamlakat paxta sektori ishlab chiqaruvchilari va ishchilarining farovonligini oshirishga qaratilgan. Ushbu missiyani amalga oshirish bizni barcha paxta barqaror bo‘lgan dunyo haqidagi tasavvurga yaqinlashtiradi.
Ushbu tadbir doirasida ekspertlar dasturning ustuvor yo‘nalishlari bilan o‘rtoqlashdilar va dastur ishtirokchilari Better Cottonning pilot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, paxtani barqaror ishlab chiqarish uchun ta’minot zanjiri shaffofligining ahamiyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Dastlab, pilot loyihaga 6 ta klaster boshqaruvidagi 3 ta yirik fermer xo‘jaliklari jalb qilingan. Kelgusi 2023-24 yilgi mavsumda Better Cotton dastur ko‘lamini kengaytirish uchun avvalgi ishtirokchilar havzasidan tashqari yana 6 ta yirik fermer xo‘jaliklarini taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu yil dasturda ishtirok etish uchun oltita klaster boshqaruvidagi jami 12 ta yirik fermer xo‘jaliklari taklif etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




