2023-yilning 23-fevral kuni “Better work” dasturini amalga oshirish doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) delegatsiyasining bosh operatsion direktori Farzin Mirmotaxari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Better work” dasturini amalga oshirishning asosiy bosqichlari ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, davlatimiz to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining dolzarb vazifasi asosiy xalqaro mehnat standartlarini faol joriy etish, shu jumladan, mehnat muhofazasi, sog‘lig‘ini saqlash va ishchilar vaqtidan (birinchi o‘rinda, ayollar uchun), samarali boshqaruv tiziminidan foydalanish, boshqaruvning ilg‘or shakllarini joriy etish, kadrlar malakasini oshirish orqali xalqaro bozorda ijobiy imidj yaratish va jahon brendlari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdir. Ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat huquqlari faolligini oshirish, o‘z navbatida, o‘zbek tikuv-trikotaj mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoit yaratadi.
Shu bois, Dasturni amalga oshirish jarayonida majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining oldini olish va profilaktika choralarini kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida asosiy mehnat huquqlarini takomillashtirish, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida norasmiy bandlikni o‘rganish, soha xodimlari uchun malaka oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish taklif etilmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichida dastur mutaxassislari ijtimoiy audit va XMK Savdo yetkazib beruvchilarni moliyalashtirish (GTSF) dasturida ishtirok etish imkoniyatini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun mutaxassislarning Toshkent, Andijon, Buxoro, Namangan va Farg‘ona shaharlaridagi sanoat korxonalariga tashrifi rejalashtirilgan. O‘z navbatida, xalqaro tashkilotlar loyihalarini amalga oshirishda ko‘p yillik ijobiy tajribaga ega bo‘lgan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi va muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Ilgari Uyushma tomonidan dasturni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish uchun potentsial dastur ishtirokchilari ro‘yxati shakllantirildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda “Better Work” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faol muloqotni davom ettirish maqsadida ikki tomonlama muntazam uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to‘g‘risida o‘zaro fikrga kelishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




