Yaqinda O‘zbekiston Toshkent to‘qimachilik haftaligi doirasidagi 2-xalqaro konferentsiyada XMT, XMK, O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi (O‘IBK), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida 2023 yil 30 mayda Anglashuv memorandumi imzolanib, «Better Work» dasturi rasman ishga tushirildi.
Memorandum imzolanishi natijasida, 13 iyun kuni XMT byurosida O‘IBK va «Better Work» dasturi missiyasi bilan ikki tomonlama uchrashuvda tomonlar dasturning keyingi bosqichlarini muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekistonda dasturni amalga oshirishning quyidagi bosqichlari belgilandi, masalan:
- Brendlar bilan o‘zaro hamkorlik sohasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, O‘zbekistonda «Better Work» dasturini amalga oshirishda xalqaro biznes hamjamiyatiga ijobiy natijalarni yetkazish.
- Ilg‘or hamkor (Bangladesh, Vyetnam, Gaiti, Misr, Indoneziya, Iordaniya, Kambodja, Nikaragua va Efiopiya) mamlakatlarda «Better Work» standartlari bo‘yicha ishlab chiqarish sohasidagi muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘rganish.
- To‘qimachilik korxonalari va klasterlari uchun dastur tomonidan qo‘llaniladigan ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etish.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




