Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida ”gi farmonni imzoladi.
Sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uyushmasi raisi Xaydarov Ilxom Utkurovich «DO‘STLIK» ordeni bilan taqdirlandi!
Shuningdek ushbu farmon bilan quyidagilar soha xodimlari ham yuksak davlat mukofotlari – faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:
«DO‘STLIK» ordeni bilan
- Ahrorov Zayniddin Xudoyqulovich – Urgut tumanidagi «Urgut tekstil shifer» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
- Vaxabov Davron Abdujalalovich – Shahrisabz shahridagi «Oq saroy klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
- Ismatullayev Dilshod Xayrullayevich – Chust tumanidagi «Chust tekstil» xususiy korxonasi direktori, Namangan viloyati
- Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich – Qo‘shtepa tumanidagi «Ismoiljon gilamlari» xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
- Qodirov Botirjon Muxammadqodir o‘g‘li – Bo‘ston tumanidagi «Sayyora favvorasi» xususiy korxonasi ta’sischisi, Andijon viloyati
«KELAJAK BUNYODKORI» medali bilan
- Zuxurov Botirjon Djumayevich – Guliston shahridagi «Neo Cotton» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Sirdaryo viloyati
- Abdullayeva Nasiba Muxammadi qizi – Qumqo‘rg‘on tumanidagi hunarmand-to‘quvchi, Surxondaryo viloyati
- Faraxutdinova Veronika Leonidovna – G‘uzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Qashqadaryo viloyati
- Sharopova Dilorom Ibroximovna – Romitan tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Buxoro viloyati
«SHUHRAT» medali bilan
- Allamova Muborak Rozimovna – Beruniy tumanidagi «Beruniy textile invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati dastgoh operatori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Axmadaliyev Abdulaziz Botiraliyevich – Mirzacho‘l tumanidagi «Mirzacho‘l teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
- Bobojonov Dilshod Maxmudovich – Buxoro shahridagi «Kamalak Shabnam teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
- Nabijanov Elyorbek Zakirovich – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Khantex Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Andijon viloyati
- Xolnazarov Shavkat Kaxramonovich – Navoiy shahridagi «Ishonch gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati
«FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN» Ordeni bilan
- Naubetova Altinay – Shumanay tumanidagi gilam to‘quvchi hunarmand, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Soha rivoji yo‘lida fidokorona faollik ko‘rsatib kelayotgan barcha hodimlarga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va muvaffaqiyat tilab qolamiz. Yuksak davlat mukofoti bilan muborakbod etamiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




