«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Germaniyaning GIZ tashkiloti va “Amfori” Xalqaro biznes uyushmasi hamkorlikda to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalari uchun Biznes atrof-muhit samaradorligi tashabbusi standarti (BEPI) bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshladi.
Joriy yilning 15-dekabr kuni o‘quv mashg‘ulotlarining 1-moduli bo‘lib o‘tdi. Unda seminarda qatnashuvchi korxona vakillariga atrof-muhit elementlarini aniqlash va baholash, kimyoviy boshqaruv, qonuniylik, ruxsatnomalar, salomatlik va xavfsizlik, emissiya (chiqindilar, havo chiqindilari va oqava suvlar) va kimyoviy boshqaruv siyosati, hujjatlar, ishlov berish, saqlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha muhim yo‘riqnoma, energiya va havo ifloslanishini boshqarish, suv va oqava suvlarni boshqarish, kimyoviy boshqaruv mavzulari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining yakunida 1- va 2-modulni to‘liq yakunlagan korxona vakillariga Biznes atrof-muhit samaradorligi tashabbusi standarti (BEPI) bo‘yicha o‘quv kurslarni yakunlaganliklari to‘g‘risida sertifikat beriladi hamda “Amfori” Xalqaro biznes uyushmasi platformasida qayd etiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




