Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan “UN75” onlayn-tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, shoir Erkin Vohidovning “Inson qasidasi”sakkiz tilda (o‘zbek, qozoq, turk, arab, ingliz, rus, italyan va tojik tillarida) dunyoning mashhur san’atkorlari ijrosida yangradi.
Qo‘shiq yaratish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Marg‘ilonda O‘zbekiston Qahramoni, taniqli shoir Erkin Vohidovning muzeyi va ijodiy maktabining ochilishida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga kutilmagan bir taklif bilan murojaat qilishidan boshlangan edi. Mamlakatimiz rahbari, – “Ulug‘ shoirimizning “Inson qasidasi” benazir asar. Uni bir qancha tillarga tarjima qilib, kuyga solib qo‘shiq qilib aytinglar. Hozir ham inson g‘oyasi qanchalar noyob va aziz ekanligini odamlar, yoshlar bilsin” – deya fikr bildirgan edilar.
Matni “Inson qasidasi”ga asoslangan ajib va benazir qo‘shiq o‘zbek, qozoq, turk, tojik, arab, rus, ingliz, italyan tillarida dunyoning mashhur san’atkorlari tomonidan ijro qilindi.
Qo‘shiq va uning videoklipi homiylar mablag‘i asosida yaratildi.
Davomiyligi: 9 daqiqa.
G‘oya muallifi: Ozodbek Nazarbekov
Matn muallifi: Erkin Vohidov
Prodyuser: Ozodbek Nazarbekov
Kompozitorlar: Nodir Umarov va Aziz Xolmurodov
Musiqaga sayqal beruvchilar: Nodir Umarov va Aziz Xolmurodov
Klip rejissyori: Sanjarbek Matkarimov
Ovoz rejissyori: Dilmurod Matkarimov
Musiqa muharriri: Dilmurod Avazov
Rejissyor: Ilyos Dadaboyev
Ijrochilar:
Dilafruz Rustamova (O‘zbekiston)
Oleg Gazmanov (Rossiya)
Omirkul Ayniyazov (Qozog‘iston)
Zafar Abdualimov (Tojikiston)
Rafet el-Roman (Turkiya)
Ahmad al-Huraybiy (Quvayt)
Alessandro Safina (Italiya)
Ozodbek Nazarbekov (O‘zbekiston)
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




