Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan “Boyovut techno Cluster“ Xitoyning suv tejaydigan irrigatsiyaga ixtisoslashtirilgan Xinjiang Tianye kompaniyasi O‘zbekistonga qoplovchi plyonkani qo‘llagan holda tomchilatib sug‘orib beradigan texnologiyalarni yetkazib berdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar qilmoqda.
Mazkur texnologiya qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni namoyish etish bo‘yicha Xitoy-O‘zbekiston markazi doirasida taqdim etildi, undan Sirdaryo viloyatidagi 406,7 gektar paxta maydonlarida foydalaniladi.
Ushbu loyiha yil boshidan ishga tushirildi. Fevral oyi oxirida XXRdan Sirdaryoga tegishli asbob-uskunalar va qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berildi. Ularni o‘rnatishga esa bir yarim oy vaqt sarflandi.
Xitoy texnologiyasi sharofati bilan chigit nihollari an’anaviy sug‘urish usullaridan foydalanish bilan taqqoslaganda 5-6 kun avval bo‘y cho‘zgan.
Ayni chog‘da loyiha asosida ushbu texnologiya bilan qamrab olinadigan hududlar kengaytiriladi, texnik ekspluatatsiya bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni o‘qitish ham rejalashtirilmoqda.
Xinjiang Tianye kompaniyasi suvni tejaydigan uskunalar ishlab chiqarish sohasida XXRdagi eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




