Andijon viloyati Buloqboshi tumani Bakir Rajapov massividagi “Shirmonbuloq faxri” fermer xo‘jaligi paxta topshirish shartnomaviy rejasini tumanda birinchi bo‘lib bajarganligi uchun tuman hokimi O‘tkirbek Mamurov tashabbusi bilan “Shirmonbuloq faxri” fermer xo‘jaligi rahbari Isroilova Muborakxonga “Xo’jaobod FAYZ-M” MCHJ klasteri tomonidan Nexia-3 rusumli avtomashinasi topshirildi.
– Bu yil 25,7 gektar yerga chigit ekkan edik. Tinimsiz mehnat, agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi, yoqilg‘i moylash, mineral o‘g‘it maxsulotlari klasterimiz tomonidan o‘z vaqtida ortig‘i bilan yetkazib berilganligi, sektor rahbarlari hamda massiv oqsoqollarini tajribalari evaziga hosilimiz mo‘l bo‘ldi. Birinchi terimdayoq 88,5 tonna o‘rniga 94,6 tonna paxta topshirib, rejani ortig‘i bilan uddaladik. Yuzimiz yorug‘ bo‘lganidan mamnunmiz, – deydi “Shirmonbuloq faxri” fermer xo‘jaligi rahbari Isroilova Muborakxon.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




