Buxoroda B2B formatda biznes uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi B.Muhammadsaidov va tarmoq korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Mazkur biznes uchrashuvlar davomida Turkmanistonning O‘zbekistonga yaqin qo‘shni viloyatlaridan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq ishbilarmonlar vakillari hamda O‘zbekistonning hududlaridan jalb etilgan 260dan ortiq mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari o‘zaro savdo, investitsiyaviy hamda texnologik hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Biznes uchrashuvlar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, savdo aloqalarni kengaytirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




