2023 yil sentyabr oyida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi reputatsion boshqaruv sohasidagi yirik bo‘lgan “Monfort Communications” kompaniyasi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaga biznes missiyasini tashkil qilmoqda.
Hamkorlarimiz ko‘magida Angliyada moda va to‘qimachilik sohasidagi bir qator yetakchi ishlab chiqaruvchilar, brendlar, riteylerlar va sorsing kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, agar siz sertifikatlangan ishlab chiqaruvchi bo‘lsangiz, ushbu bozorga qiziqishingiz, Yevropa Ittifoqi va AQShga eksport tajribangiz bo‘lsa, 📞 (71) 202-22-44 (113) bilan bog‘lanib, o‘z korxonangiz vakillarini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi ro‘yxatiga kiritishingizni so‘raymiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




