Italiyaning «Audaces360» dasturiy ta’minotining taqdimotiga taklif etamiz!
To‘qimachilik sanoatiga Italiyaning moda sohasidagi ilg‘or tajribasi, nou-xaulari va innovatsion texnologiyalarini jalb qilish maqsadida, O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi «Studio61» kompaniyasi va «Uztukimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning 20 noyabrida videokonferentsiya formatida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga taklif etadi.
Tadbir soat 15.00 da (Toshkent vaqti bilan) ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi.
Uchrashuvdan maqsad – «Audaces360» dasturiy ta’minoti afzalliklari bilan tanishish, O‘zbekiston ishbilarmonlari va «Audaces» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish istiqbollarini muhokama qilish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatida mahsulot sifatini oshirish.
Uchrashuvda quyidagi havola orqali ishtirok etish so‘raladi.
https://us02web.zoom.us/j/87912699158?pwd=QktFak1OOVBKdzNRdzR5bkFCS0d1dz09
ID: 879 1269 9158
Passcode: 149116
Qo‘shimcha ma’lumot Tel.+998909026870
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




