Dual ta’limni joriy etish nafaqat ta’lim sohasida, balki professional mutaxassislarga ehtiyoji bor sanoat sohasida ham ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Misol uchun, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamkorligida GIZning «O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi doirasida xalqaro AVTM, GLOBOGATE va GIZ tashkilotlari vakillari, milliy vazirlik va idoralar, to‘qimachilik korxonalari vakillari ishtirokida kasb-hunar ta’limi sohasida Germaniya tashkilotlari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan Forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda ma’ruzachilar «Ishga Marhamat» mono-markazlarida kasb-hunar ta’limi bo‘yicha tajriba va 2023 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar bilan bo‘lishdilar, mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash siyosati masalalari muhokama qilindi, munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, forum davomida mehnat migratsiyasi xizmatlari markazi, «Ishga Marhamat» mono-markazining Nukus shahridagi 2-filialining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi, shuningdek, GIZ granti doirasida kompyuter texnikasi va inventarlarini rasmiy ravishda topshirildi va GLOBOGATE loyihasini ishga tushirildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




